Toshkentda Tashken City`ga o‘xshash majmualar paydo bo‘ladi
“Yovvoyi Arman” nomi bilan tanilgan Arman Jumageldiyev Qozogʻistonda ommaviy tartibsizliklar uyushtirishda aybdor deb topildi. U bilan birga Milliy xavfsizlik xizmatining sobiq xodimi Ruslan Iskakov va bloger Qayrat Kudaybergen ham sudlangan. Jami 43 nafar shaxs javobgarlikka tortilgan.
Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoni Belarus prezidenti saylovidagi gʻalabasi bilan tabrikladi. Davlat rahbarlari ikki tomonlama kelishuvlar ijrosini ham muhokama qildi.
Saida Mirziyoyeva Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlish maqsadlari va imkoniyatlari haqida fikr bildirdi. Prezident yordamchisi qisqa vaqt ichida biznes va raqobatni yanada shaffof qilish uchun 20 ta muhim qonun qabul qilinganini taʼkidladi.
Toshkentning Mirobod tumanida bir nechta mashina: Mustang, Tracker va Onix ishtirokida YTH sodir boʻldi. Oqibatda Tracker haydovchisi va 17 yoshli yoʻlovchisi jarohat olgan.
Oʻzbekiston parlamenti yuqori palatasining navbatdagi majlisida ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholash va strategik ekologik baholash masalalarini tartibga soluvchi yangi qonun koʻrib chiqildi va qabul qilindi.
Nukusdagi Yoshlar saroyida madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning qoraqalpogʻistonlik iqtidorli yoshlar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Madaniyat vaziri bolalar musiqa sanʼati maktabi hamda Davlat konservatoriyasi filiali binosining qurilish jarayoni bilan ham tanishdi.
Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida sud pora olayotganda qoʻlga olingan hokim yordamchisini axloq tuzatish ishlariga hukm qildi. Mansabdor shaxs fuqaroga 33 million soʻmlik ikkita imtiyozli kredit olishda koʻmaklashishni vaʼda qilgan.
Belarusning amaldagi rahbari Aleksandr Lukashenko navbatdagi prezidentlik saylovlarida 86,82 foiz natija bilan gʻalaba qozondi. Saylovning yakuniy natijalari 10 kun ichida MSK tomonidan eʼlon qilinadi.
26-yanvar kuni Madridda FITUR sayyohlik koʻrgazmasi yakunlandi. Turizm qoʻmitasi raisi Umid Shodiyev Ispaniya turizm ekspertlari uyushmasi prezidenti, International French Travel Market kompaniyasi direktori va hatto “Atletiko Madrid” futbol klubi vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi. Yil davomida Oʻzbekistonga Ispaniyadan sayyohlar oqimi bir yarim barobardan ziyod koʻpaydi.
Janubiy Koreya prokuraturasi hokimiyatdan chetlatilgan prezident Yun Sok Yolga qarshi isyon koʻtarganlikda aybladi. Prezident harbiy holat voqealari tufayli davlat tuzumiga qarshi isyon koʻtarganlikda ayblanmoqda.
2024-yil boshidan buyon bolalarning maktabga bormasligi bilan bogʻliq 44 mingdan ortiq qoidabuzarlik aniqlangan. Maktab oʻquvchilarining ota-onalariga 175 mingga yaqin ogohlantirishlar yuborildi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 2022-yil oktyabr oyida separatizmni toʻxtatish uchun Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan muzokaralar olib borish mumkin emasligi toʻgʻrisidagi farmonni imzolaganini aytdi.
Telegram`da kanallarga sovgʻalar ulashish imkoniyati paydo boʻldi. Kolleksiya sovgʻalaridan endi emoji maqomlari sifatida foydalanish mumkin. Hadya miltillovchi yulduzlar bilan oʻralgan boʻladi va uning foni va naqshlari profil emojilarining rangi va foniga aylanadi.
Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov Oʻzbekistonga tashrif buyurdi. Shavkat Mirziyoyev u bilan Toshkent viloyatidagi “Amirsoy” kurort majmuasida norasmiy uchrashuv oʻtkazdi.
AQSH yetakchisi Donald Trampning taʼkidlashicha, AQSH tez orada ancha yirik davlatga aylanishi mumkin. Trampning soʻzlariga koʻra, Kanada AQSHga toʻliq qaram va suveren davlat boʻla olmaydi.
2024-yilda Oʻzbekiston aholisi soni 2 foizga koʻpayib, 37,5 million kishini tashkil etdi. Aholi zichligi - 83,6 kishi/kv.m. Eng yuqori zichlik Toshkent shahrida qayd etilgan.
Oʻzbekistonda ijrochilarga konsertlarda fonogrammadan foydalanish darajasini koʻrsatish majburiyatini yuklash rejalashtirilmoqda. Bu haqdagi xabar umumiy reklama maydonining kamida 10 foizini egallashi kerak.
Senatorlar Oʻzbekiston Oliy sudining 5 nafar sudyasini lavozimidan ozod qildi. Oliy sud hozircha oʻzgarishlarga izoh bermadi.
Noyabr oyi oxirida Doʻsov maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosarini haqorat qilishda aybdor deb topilib, 1 yilga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilindi. Sud jazo chorasini cheklov oʻrniga ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirdi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi diplomlari nostrifikatsiya qilinmasdan avtomatik ravishda tan olinadigan oliy taʼlim muassasalari roʻyxatini tasdiqladi. Unga xalqaro reytinglar boʻyicha Top-1000 likdan joy olgan xorijiy oliy taʼlim muassasalari kiritildi.
AQSH Meksika koʻrfazini rasman Amerika koʻrfazi deb oʻzgartirdi. Prezident Donald Tramp prezidentlik muddatining birinchi kunida tegishli farmonni imzoladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev opera xonandasi Otabek Nazirovga respublikada xizmat koʻrsatgan artist unvonini berdi. Nazirov milliy opera sanʼatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun ushbu unvonga sazovor boʻldi.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov 20-yanvar kuni oʻzining 8 nafar oʻrinbosari hamda Termiz shahri va tumanlar hokimlariga 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan 661 mln soʻm mukofot ajratish toʻgʻrisidagi farmoyishini qayd etdi.
“Солнышко” xususiy maktabgacha taʼlim muassasasida tarbiyachi qiz bolani kaltaklab, oyogʻini sindirib olgan. Mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oʻzbekiston Turizm qoʻmitasi raisi “Atletiko Madrid” futbol klubi vakillari bilan uchrashdi. Ushbu klub orqali respublikaning jozibador sayyohlik yoʻnalishi sifatidagi nufuzini oshirish taklif etildi.
Ozarbayjon parlamenti fuqaroviy oʻqotar qurolni 21 yoshdan, boshqa fuqaroviy qurolni esa 18 yoshdan sotib olishga ruxsat beruvchi qonunga oʻzgartirish kiritishni koʻrib chiqmoqda. Agar oʻzgarishlar qabul qilinsa, Ozarbayjon postsovet hududida bunday qonuniylashtirishga ega birinchi davlat boʻladi.
24-yanvarga oʻtar kechasi Rossiyaning bir qancha viloyatlariga Ukraina dronlari zarba berdi. Hujumlar natijasida neftni qayta ishlash korxonalarida yongʻinlar sodir boʻldi, binolar shikastlandi va baʼzi ishlab chiqarishlar faoliyati toʻxtatildi. Rossiya rasmiylarining taʼkidlashicha, dronlarning aksariyati havo hujumidan mudofaa vositalari bilan ushlangan. Jabrlanganlar yoʻq.
Oʻzbekistonda nikotin yetkazib berishning elektron tizimlari, shu jumladan ularni ishlab chiqarish, saqlash va import qilishni taqiqlovchi yangi qonun qabul qilindi. Qoidabuzarlar javobgarlikka tortiladi. Chora-tadbirlar aholi salomatligini muhofaza qilish va atrof-muhitni asrashga qaratilgan.
2025-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekistonda xorijiy investorlar ishtirokidagi 14 871 ta korxona faoliyat koʻrsatmoqda. MDH davlatlari orasida Rossiya va Qozogʻiston eng faol boʻlib, ularning ulushiga 3900 dan ortiq kompaniya toʻgʻri keladi.
Oliy Majlis Senati Omonatlarni kafolatlash agentligini bank mijozlarining jamgʻarmalarini himoya qiluvchi vakolatli organ sifatida belgilovchi qonunni maʼqulladi. Bank tugatilgan taqdirda, 200 million soʻmgacha boʻlgan omonatlar uchun kompensatsiya toʻlovlari toʻliq hajmda amalga oshiriladi. Kompensatsiya muddati 2027-yilga kelib bosqichma-bosqich yetti ish kunigacha qisqartiriladi.