Elektron soliq xizmatlari faoliyati vaqtincha cheklanadi

O‘zbekiston

Soliq qo‘mitasining ma’lumotlar bazasi bosqichma-bosqich yangi serverlarga ko‘chirilmoqda. Shu munosabat bilan ayrim axborot tizimlari va elektron soliq xizmatlarining ishlashi vaqtincha cheklanadi.

Manba: Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati

Soliq qo‘mitasi ma’lumotlar bazasining yangi serverlarga ko‘chirilishi munosabati bilan bir qator elektron xizmatlar va axborot tizimlari faoliyati vaqtincha cheklanishi haqida ma’lum qildi.

Ishlar joriy yilning 30-noyabr soat 00:00 dan 2-dekabr soat 06:00 gacha olib boriladi.

Ushbu davrda quyidagi xizmatlarda uzilishlar yuzaga kelishi mumkin:

  • Munis tizimi va boshqa elektron to‘lov tizimlari orqali soliqlarni to‘lash,

  • fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya jamg‘armasiga pul o‘tkazish,

  • “Quyoshli uy” xizmatidan foydalanish,

  • soliq deklaratsiyalarini topshirish,

  • korxonalarni ixtiyoriy va majburiy tugatish jarayonlari,

  • elektron murojaatlarni yuborish,

  • boshqa elektron xizmatlar.

Soliq qo‘mitasi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi va tushunganingiz uchun minnatdorchilik bildiradi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.