O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi yaqinlashib kelayotgan sovuq tufayli xavf mavjudligi haqida ogohlantirdi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.
Xabarlarga ko‘ra, 2024-yil 29-noyabrdan 2-dekabrgacha O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda.
29-noyabrdan 1-dekabrgacha hududlarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. 30-noyabr va 1-dekabrda ayrim joylarda yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor.
1-2 dekabr kunlari havo harorati pasayib, sovuq tushishi kutilmoqda. Harorat kunduzi 3-8 daraja iliq, shimolda tunda 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqgacha bo‘ladi.
Ayrim hududlarda shamol tezligi 13-18 m/s ga yetishi mumkin. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda 29-noyabrdan 1-dekabrgacha sel kelishi xavfi mavjud.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi yoki dam olayotgan fuqarolar, shuningdek, ushbu hududlarda bo‘lgan haydovchilardan hushyorlik va ehtiyotkorlik bilan harakat qilish so‘raldi.