Toshkentdagi “Ippodrom” bozorida toʻplanib qolgan qarzlar sababli sovuq suv oʻchirib qoʻyilgani haqida “Toshkent shahar suv taʼminoti” matbuot xizmati xabar berdi.
Suv taʼminoti kompaniyasi vakillari yirik qarzdorlar orasida tekshiruv oʻtkazdi. Ular orasida 220 million soʻm qarzi boʻlgan “Ippodrom” bozori hamda Yakkasaroy tumanidagi Abdulla Qahhor koʻchasida joylashgan, qurilishi tugallanmagan turar-joy majmuasi bor boʻlib, u suv uchun 40 million soʻm qarzdor ekan.
Avvalroq Toshkentda qarzlar tufayli Kadishev bozorida elektr energiyasi uzib qoʻyilgan edi. Oʻshanda isteʼmolchi 500 million soʻm qarzdor boʻlgan. Taʼminot toʻxtatilgandan soʻng qarzdor 400 million soʻm toʻlagan va elektr taʼminoti qayta tiklangan.