Oʻzbekiston Rossiyaning yangi elektropoyezdini qabul qildi

O‘zbekiston

Demixov mashinasozlik zavodi Oʻzbekistonga yangi elektropoyezd topshirdi. Shuningdek, yangi yil arafasida prezidentning Buxoro va Xiva oʻrtasidagi elektrlashtirilgan yoʻnalishni ochishi kutilmoqda.

Foto: Rossiyaning O‘zbekistondagi Savdo vakolatxonasi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu hafta temir yoʻl va aviatsiya sohasidagi davlat kompaniyalaridagi islohotlarning borishi haqidagi taqdimot bilan tanishdi.

Oʻzgarishlar doirasida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ 6 ta mustaqil korxona tashkil etdi, 1200 ta yangi yuk vagoni sotib oldi, mamlakat boʻylab yuklarni yetkazib berish vaqti esa ikki baravarga qisqardi.

Bundan tashqari, kompaniya boshqaruvi raisi Zufar Narzullayev Oʻzbekiston Toshkent shahar atrofi yoʻnalishlari uchun Rossiyada ishlab chiqarilgan yangi EPZD elektropoyezdini olganini maʼlum qildi.

Mavzuga oid materiallar