Toshkentda oʻsmir sobiq “Chorsu” mehmonxonasi binosining 21-qavatidan yiqilib tushdi

O‘zbekiston

Toshkentning Shayxontohur tumanida 16 yoshli yigit sobiq “Chorsu” mehmonxonasi binosining 21-qavatidan yiqilib tushdi. Jabrlanuvchi voqea joyida halok boʻldi. Huquqni muhofaza qilish organlari tergov oldi tekshiruvini oʻtkazmoqda.

Foto: “Xalq soʻzi”

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida oʻsmir sobiq “Chorsu” mehmonxonasining 21-qavati balandligidan yiqildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Взгляд.uz”ga maʼlum qildi.

Voqea 28-noyabr kuni taxminan soat 19:30 da sodir boʻlgan. Olingan maʼlumotlarga koʻra, ikki nafar oʻsmir ruxsatsiz mehmonxona hududiga kirib, eng yuqori qavatga koʻtarilgan.

16 yoshli E.E. ismli fuqaro 21-qavat balandligidan 3-qavatga yiqilib tushgan va voqea joyida jon bergan.

Sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlandi, tuman prokuraturasi tergov oldi tekshiruvini oʻtkazmoqda.

Mavzuga oid materiallar