Ikki nafar Oʻzbekiston fuqarosi ish topish maqsadida Koreyaga borib, ish joyidan qochib ketdi

O‘zbekiston

Noyabr oyi boshida yuz nafar Oʻzbekiston fuqarosi E-9 ishchi vizalari bilan Koreyaga joʻnab ketdi, ammo ikki nafar mehnat muhojiri bir necha kundan soʻng ishdan qochib ketdi. Endi ularni Oʻzbekistonga qaytarish va ota-onalariga chet elda boʻlgan har bir oyi uchun 2 ming AQSH dollari miqdorida jarima solish kutilmoqda.

Foto: Videodan olingan lavha / Migratsiya agentligi

Joriy yilning 11-noyabr kuni 100 nafar oʻzbekistonlik E-9 ishchi vizalari bilan Koreyaga yoʻl oldi. Biroq Samarqand va Jizzax viloyatlaridan boʻlgan ikki kishi sababini tushuntirmasdan uch-toʻrt kundan soʻng ish joyini tark etdi.

Migratsiya xizmati xodimlari ushbu mehnat muhojirlari yashaydigan mahallalarga tashrif buyurib, ularning ota-onalari va mahalla vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Hozirda mazkur muhojirlarga jarima solish va zarur hollarda ularni Oʻzbekistonga qaytarish choralari koʻrilmoqda.

Agar mehnat muhojiri uzrsiz sabab bilan Koreyadagi ish joyini tark etsa, uning kafili boʻlgan qarindoshlari muhojirnning chet elda boʻlgan har bir oyi uchun 2000 AQSH dollari miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.

Mavzuga oid materiallar