Alisher Usmonov yana Xalqaro qilichbozlik federatsiyasiga rahbar boʻldi

Dunyo

Alisher Usmonov FIE prezidenti etib saylandi. Saylov Toshkentda oʻtkazildi. Usmonov 120 ta ovoz toʻplab, shvetsiyalik raqibi Otto Drakenbergni (26 ta ovoz) sezilarli darajada ortda qoldirdi.

Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) prezidenti etib saylangani maʼlum qilindi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi.

Toshkentda boʻlib oʻtgan saylovda Usmonov 120 nafar delegatning qoʻllab-quvvatlashiga sazovor boʻldi. Uning raqibi, Shvetsiya qilichbozlik federatsiyasi rahbari Otto Drakenberg esa 26 ta ovoz oldi.

Usmonov 71 yoshda. U 2008-yildan beri FIEga rahbarlik qilib kelgan, biroq 2022-yil mart oyida oʻz tashabbusi bilan vaqtincha vakolatlarini toʻxtatgandi.

Mavzuga oid materiallar