Oʻzbekistonning oʻnlab fuqarolari BAAda ushlab turilibdi

O‘zbekiston

Abu-Dabi aeroportida Oʻzbekistonning 31 nafar fuqarosi ushlab turildi. Ularning barchasi Toshkentdan Wizz Air aviakompaniyasining reysida kelgan. Elchixona yuzaga kelgan vaziyatni hal etish uchun barcha choralar koʻrilayotganini taʼkidladi.

Kecha Abu-Dabi aeroportida Oʻzbekistonning 31 nafar fuqarosi ushlab turildi. Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchixonasi maʼlum qilishicha, ularning barchasi Wizz Air aviakompaniyasining Toshkentdan kelgan reysida boʻlgan.

Diplomatik vakolatxona oʻzbekistonliklarning Abu-Dabiga kiritilmagani sababini ayta olmadi.

Biroq elchixona aeroport rahbariyati bilan bogʻlanib, fuqarolarni ovqat va zarur hollarda tibbiy yordam bilan taʼminlash boʻyicha kelishuvga erishdi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.