Oʻzbekistonda 14 nafar hokim qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrishda yoʻl qoʻygan kamchiliklari uchun hayfsan oldi

Oʻzbekistonda uchta viloyatning 12 ta tuman hokimi elektr energiyasi va gazni tejash rejalarini buzgani, ulardan foydalanish limitlarini oshirgani uchun hayfsan oldi. Energiya resurslarini oʻgʻirlagani uchun 2 nafar hokim va 3 nafar hokim oʻrinbosari jazolandi.

Oʻzbekistonning turli shahar va tumanlari hokimlari isteʼmolchilarni yoqilgʻi-energetika resurslari bilan taʼminlash boʻyicha topshiriqlarni bajarishda kechikkanlik uchun hayfsan oldilar. Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov maʼlum qildi.

Xabarga koʻra, elektr energiyasi va tabiiy gazni tejash rejasini bajarmagan, energiya resurslaridan foydalanish limitlarini oshirib yuborgan va yetarlicha nazorat qilmagan quyidagi shaxslarga hayfsan berildi:

  • Oqoltin tumani hokimi Q.Ernazarov;

  • Mirzaobod tumani hokimi O.Rahmonqulov;

  • Boʻstonliq tumani hokimi J.Ahmedov;

  • Bekobod tumani hokimi Sh.Dusbekov;

  • Zangiota tumani hokimi E.Rustamov;

  • Toshkent tumani hokimi S.Ergashev;

  • Yangiyoʻl tumani hokimi O.Ataullayev;

  • Qoʻqon shahar hokimi M.Usmonov;

  • Bogʻdod tumani hokimi Gʻ.Soliyev;

  • Beshariq tumani hokimi R.Joʻrayev;

  • Soʻx tumani hokimi S.Saidmusayev;

  • Furqat tumani hokimi E.Asronqulov.

Shuningdek, elektr energiyasi va tabiiy gazni isrof qilgani uchun quyidagilarga hayfsan berildi:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri Baxtiyor Juzbayev;

  • Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Q.Komilov;

  • Namangan viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Gʻ. Murodxoʻjayev;

  • Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari O.Sultonbekov;

  • Andijon tumani hokimi B.Yoʻldoshev;

  • Beruniy tumani hokimi I.Xidirov.

Bundan tashqari, koʻmirni aholi oʻrtasida taqsimlashda kechikish holatlari koʻpligi va bu holatlar ustidan yetarli nazorat oʻrnatilmaganligi uchun “Oʻzbekkoʻmir” AJ bosh direktori oʻrinbosari E.Yoqubov soʻnggi marta ogohlantirildi.

Farmoyishda tegishli vazirlik va idoralardan mazkur shahar va tumanlar sektor rahbarlari faoliyatini baholash, tegishli choralar koʻrish va bir kun ichida Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etish talab qilingan.

Mavzuga oid materiallar