Aleksey Pivovarov va Hook.report jurnalisti Nukusda qoʻlga olindi

Rossiyalik bloger va jurnalist Aleksey Pivovarov, uning suratga olish guruhi va Hook.report jurnalisti Farida Masxetova Nukusda qoʻlga olinib, IIBB binosida saqlanmoqda. Nashr maʼlumotiga koʻra, “suhbatga chaqirilish”ga fuqarolardan birining bildirgisi sabab boʻlgan, biroq tergovchi arizani koʻrsatish va savollarga javob berishdan bosh tortgan.

Aleksey Pivovarov | Foto: Kirill Martinov

Rossiyalik jurnalist va bloger Aleksey Pivovarovning suratga olish guruhi va Hook.report mustaqil nashri jurnalisti Farida Masxetova “suhbat uchun” Nukusda hibsga olindi.

Nashrning aniqlik kiritishicha, hibsga olish uchun shahar fuqarosining buyruqqa yozgan arizasi asos boʻlgan.

“Hozirda butun jamoa va jurnalist Nukus shahar IIBBda boʻlib turibdi, ularning yonida telefonlari qoldirilgan, lekin ularni koʻzdan kechirishni talab qilishmoqda”, — deyiladi nashr xabarida.

Hook.report, shuningdek, Pivovarov alohida xonada saqlangani, tergovchi esa arizani koʻrsatishdan va umuman savollarga javob berishdan bosh tortganini qoʻshimcha qildi.

Jurnalistlar sabablarni tushuntirish uchun IIV matbuot kotibi Shohrux Gʻiyosovga murojaat qilishdi, ammo hozircha javob ola olishmadi.


Aleksey Pivovarov — rossiyalik jurnalist, mediamenejer, tele va radio boshlovchisi, bloger, “Redaksiya” YouTube kanalining asoschisi. 2022-yil 3-iyunda u Rossiya Federatsiyasi Adliya vazirligi tomonidan “chet el agentlari” roʻyxatiga kiritilgan.

Mavzuga oid materiallar