Oʻzbekistonliklar endi Xitoyda 30 kun vizasiz qolishi mumkin

Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida Oʻzbekiston fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz rejim toʻgʻrisidagi bitim imzolandi. Vizasiz rejim qachon kuchga kirishi hozircha aniqlashtirilmagan.

Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida Oʻzbekiston fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz rejim toʻgʻrisidagi bitim imzolandi. Bu haqda Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri maʼlum qildi.

Bu Oʻzbekiston va Xitoy yetakchilari oʻrtasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida imzolangan bitimda nazarda tutilgan.

“Bugun hamkasbim bilan fuqarolarimizga 30 kun davomida vizasiz sayohat qilish imkonini beruvchi shartnoma imzoladik. Bu yanada jadal almashinuvlar, mamlakatlarimiz xalqlari oʻrtasidagi savdo va aloqalarga koʻmaklashish yoʻlidagi yana bir qadamdir”, — dedi TIV rahbari Baxtiyor Saidov oʻzining Telegram-kanalida.

Mavzuga oid materiallar