Oʻzbekiston Yoshlar oʻrtasidagi Osiyo oʻyinlari-2025 musobaqasini oʻtkazish huquqidan mahrum boʻldi

Osiyo Olimpiya kengashi Yoshlar oʻrtasidagi Osiyo oʻyinlari-2025 musobaqasini Toshkentdan Bahraynga koʻchirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Oʻyinlarni koʻchirish sababi koʻrsatilmagan.

Osiyo olimpiya kengashi 2025-yilgi yoshlar Osiyo oʻyinlari Toshkentdan Bahraynga koʻchirilgani haqida maʼlum qildi. Bu haqda Osiyo Olimpiya kengashi matbuot xizmati xabar berdi.

Qaror joriy yilning 2-dekabr kuni boʻlib oʻtgan Ijroiya kengashi yigʻilishida qabul qilingan. Koʻchirish sababi oshkor etilmadi.

Eslatib oʻtamiz, 2020-yil dekabr oyida Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi Osiyo Olimpiya Kengashi Bosh Assambleyasi bilan 2025-yilgi Osiyo oʻyinlarini Toshkentda oʻtkazish toʻgʻrisida bitim imzolanganini maʼlum qilgan edi.

Ushbu yirik musobaqa davomida mamlakatimizga 5 mingga yaqin mehmon tashrif buyurishi kutilayotgan edi. Keyinchalik bu maʼlumot MOQ rasmiy veb-saytidan olib tashlandi.

Mavzuga oid materiallar