Prezidentning “2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoniga koʻra, Oʻzbekistonda Konstitutsiya kuni munosabati bilan quyidagi dam olish kunlari belgilangan:
7-dekabr (shanba) — besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni;
8-dekabr (yakshanba) — Konstitutsiya kuni, bayram kuni;
9-dekabr (dushanba) — bayram yakshanbaga toʻgʻri kelgani sababli barcha uchun dam olish kuni.