Samarqandda yashovchi shaxs uyida Qizil kitobga kiritilgan pitonni noqonuniy saqlagani aniqlandi

Ishtixon tumanida yashovchi shaxs Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan yoʻlbars pitonini noqonuniy saqlagan. Xabar qilinishicha, erkak maktab oʻquvchilari uchun yoʻlbars pitoni bilan tomoshalar uyushtirgan.

Foto: Samarqand viloyati ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Samarqand viloyati Ishtixon tumanida xalqaro Qizil kitobga kiritilgan yoʻlbars pitoni saqlanayotgani aniqlandi.

Uning egasi qonunga xilof boʻlishiga qaramay, viloyat maktab oʻquvchilari uchun ilon bilan namoyishlar uyushtirib kelgan, deya xabar bermoqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Samarqand viloyati boshqarmasining telegram-kanali.

Pitonning uzunligi 2,78 metr boʻlib, u mamlakatga noqonuniy olib kirilgani maʼlum boʻldi.

Vaziyatni hududiy Majburiy ijro byurosi xodimlari aniqlagan va darhol ekologlarni xabardor qilgan.

Hozirda piton Samarqand viloyati ekologiya boshqarmasi nazorati ostida. Mutaxassislar uni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va sogʻligʻini baholash uchun Zarafshon milliy tabiat bogʻining reabilitatsiya markaziga vaqtincha joylashtirdi.

Mavzuga oid materiallar