Toshkentdagi poliklinika hovlisida erkak oʻzini osib qoʻydi — video

O‘zbekiston

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi poliklinikaning orqa hovlisida fuqaro oʻzini osib qoʻygani haqidagi maʼlumot tarqaldi. Bosh prokuratura bu xabarni tasdiqladi.

Foto: Situativ / Sergey Generalov / «Взгляд.uz»

2-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Olmazor tumanidagi poliklinikaning orqa hovlisida nomalum erkak oʻzini osib qoʻygani aks ettirilgan video tarqaldi.

Voqea 20-oilaviy poliklinikada yuz bergan. Bosh prokuratura “Взгляд.uz”ga erkakning jasadi topilganini maʼlum qildi. Hozirda prokuratura tergov guruhi hodisa sodir boʻlgan joyni koʻzdan kechirmoqda.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.