Bosh prokuratura poliklinika hovlisida erkakning oʻz joniga qasd qilish tafsilotlarini oshkor qildi

Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi poliklinikaning orqa hovlisida oʻzini osib qoʻygan erkakning shaxsini aniqladi. U Toshkent shahrining Olmazor tumanida istiqomat qiluvchi 38 yoshli fuqaro ekani maʼlum boʻldi.

Foto: Situativ / Toshkent YHXB

Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi Toshkentning Olmazor tumanidagi poliklinikaning orqa hovlisida oʻzini osib qoʻygan erkak haqidagi tafsilotlarni maʼlum qildi. Bu haqda “Взгляд.uz”ga idora matbuot xizmati xabar berdi.

Ilgari ijtimoiy tarmoqlarda nomaʼlum shaxs 20-sonli poliklinikaning orqa hovlisida oʻzini osib qoʻygani aks etgan video tarqalganini xabar qilgan edik.

Marhumning shaxsi aniqlandi. U 38 yoshli S.D. boʻlib, hozirda sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Mavzuga oid materiallar