Oʻzbekistonlik ayol dunyoning “100 ayol” roʻyxatiga kiritildi

O‘zbekiston

Oʻzbekistonlik Dilorom Yoʻldosheva BBC versiyasi boʻyicha dunyoning eng taʼsiri kuchli ayollari yuzligiga kiritildi.

Foto: Illyustratsiya / BBC

BBC 2024-yil uchun dunyodagi 100 ta ilhomlantiruvchi va taʼsiri kuchli ayollar roʻyxatini eʼlon qildi. Ular orasida Tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori Nadya Murod, aktrisa Sheron Stoun va oʻzbekistonlik tadbirkor Dilorom Yoʻldosheva bor.

Ikki yil oldin Dilorom Yoʻldosheva baxtsiz hodisa tufayli ikkala oyogʻidan ayrilgan. Fojiaga qaramay, u tushkunlikka tushmadi va oʻzining tikuvchilik korxonasini ochdi. U ishchilar va maktab oʻquvchilari uchun forma tikish boʻyicha shartnomalar tuzib, oʻzi va yana oʻnlab ayollar uchun daromad manbai yaratdi.

BBCning “100 ayol” loyihasi shuni koʻrsatmoqdaki, butun dunyo boʻylab ayollarga toʻqnash kelayotgan barcha qiyinchiliklarga qaramay, ularning koʻpchiligi jamiyatdagi oʻzgarishlar uchun kurashni davom ettirmoqda va oʻz zimmalariga kashfiyotchilik vazifasini olmoqda.

Mavzuga oid materiallar