Toshkentda Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining navbatdagi Kongressi boʻlib oʻtdi, unda kattalar oʻrtasidagi jahon chempionati oʻtkaziladigan joy eʼlon qilindi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirda 2027-yilgi jahon chempionati Toshkentda oʻtkazilishi maʼlum qilindi. Rejaga koʻra, musobaqalar 20-28-iyul kunlari boʻlib oʻtadi.
Tadbir davomida yil yakunlariga bagʻishlangan taqdirlash marosimi ham boʻlib oʻtdi. Yilni yoshlar oʻrtasida jahon reytingida yetakchilik qilgan qilichbozlik boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi vakili Fernanda Errera mukofotga sazovor boʻldi.
Eslatib oʻtamiz, 30-noyabr kuni kongress yakunlariga koʻra, asli oʻzbekistonlik boʻlgan rossiyalik ishbilarmon Alisher Usmonov tashkilot rahbari lavozimiga yana saylandi.