3-dekabrdan Toshkentdan Hojikentga yangi tezyurar shahar atrofi elektropoyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyiladi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi matbuot xizmati.
Elektropoyezdlar jadvali:
№7201 “Toshkent–Hojikent”: joʻnash 06:18, yetib kelish 07:42;
№7202 “Hojikent–Toshkent”: joʻnash 08:02, yetib kelish 09:17;
№7203 “Toshkent–Hojikent”: joʻnash 12:53, yetib kelish 14:03;
№7204 “Hojikent–Toshkent”: joʻnash 14:33, yetib kelish 15:48;
№7205 “Toshkent–Hojikent”: joʻnash 18:10, yetib kelish 19:20;
№7206 “Hojikent–Toshkent”: joʻnash 19:45, yetib kelish 21:03.
Kattalar uchun chipta narxi 20 ming soʻm, bolalar uchun esa 11,5 ming soʻmni tashkil etadi. Odatdagi jadval boʻyicha harakatlanayotgan elektropoyezdlarning harakat jadvali oʻzgarmaydi.
Elektropoyezd Oʻzbekistonga Rossiyadan olib kelindi. U 2016-yildan beri Moskva viloyatidagi Demixov mashinasozlik zavodida ishlab chiqarilmoqda.