Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berishicha, Qibray tumanida yaqin kunlarda 24/7 rejimida ishlaydigan “Yoshlar shohkoʻchasi” barpo etiladi.
1,36 milliard soʻmlik loyiha “Tashabbusli byudjet — 2024” ikkinchi mavsumining gʻolibi boʻldi.
Uni amalga oshirish uchun “Sohibkor” mahallasi hududidan 0,6 gektar yer maydoni ajratib berildi.
Majmua hududida kovorking markazi, karaoke-klub, kiber sportchilar klubi, shuningdek, savdo, sayyohlik, madaniy va koʻngilochar inshootlar qurilishi rejalashtirilmoqda.
Yoshlar loyihasida ishlash uchun mingga yaqin yosh kadrlarni jalb etish koʻzda tutilmoqda.