Oʻzbekistonda uy qamogʻi yoki ozodlikni cheklash jazosini oʻtayotgan mahkumlarni nazorat qilish uchun elektron bilaguzuklar va dasturiy taʼminot ishlab chiqila boshlandi. Bu haqda Kriminologiya tadqiqot instituti boshligʻi, polkovnik va yuridik fanlar doktori Baxtiyor Berdialiyev maʼlum qildi.
Metodika va qurilmalar institut ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida yaratilgan. Buning uchun mutaxassislar Germaniya, Koreya va Vengriya tajribasini oʻrgandi. Turkiya tajribasiga alohida eʼtibor qaratildi — bu mamlakatda ochiq joylarda ishlayotgan mahkumlarni masofadan nazorat qilish yoʻlga qoʻyilgan.
Hozirda intellektual mulkni roʻyxatdan oʻtkazish, texnologiyani ommaviy ishlab chiqarish va tijoratlashtirish ishlari olib borilmoqda.