Olmaota va Issiqkoʻl yangi yoʻl bilan bogʻlanadi

O‘zbekiston

Qozogʻiston va Qirgʻiziston 280 km uzunlikdagi “Olmaota — Uzinagʻash — Kastek — Mixaylovka — Choʻlpon-Ota” yoʻlini qurishga kelishib oldi.

Foto: Situativ / UrbanExpert

Qozogʻiston va Qirgʻiziston Olmaota va Issiqkoʻlni bogʻlaydigan yoʻl qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Qozogʻiston Respublikasi hukumati matbuot xizmati xabar berdi.

“Olmaota — Uzinagʻash — Kastek — Mixaylovka — Choʻlpon-Ota” aholi punktlari orqali oʻtadigan yangi yoʻnalishning texnik-iqtisodiy asoslash ishlarini boshlashga qaror qilindi. Loyiha Osiyo taraqqiyot bankining grantlari hisobidan moliyalashtiriladi.

Tomonlar “Qorasuv” va “Ak-Tilek” chegara oʻtkazish punktlari hududida sanoat savdo-logistika majmuasini qurish rejalashtirilganini qoʻshimcha qildi. Qurilish uchun yer maydonlari ajratilgan, shuningdek, Jambil viloyatida “Olatogʻ” mintaqaviy sanoat zonasi tashkil etilgan.

Bundan tashqari, Qozogʻiston chegaradagi yettita oʻtkazish punktini rivojlantirish boʻyicha yoʻl xaritasiga muvofiq, ularda zamonaviy avtomatlashtirilgan nazorat-tekshiruv tizimlarini joriy etishni rejalashtirmoqda.

Mavzuga oid materiallar