Toshkent-Urganch-Xiva yoʻnalishi boʻyicha tezyurar poyezdning ishga tushirilishi hozircha sinov tariqasida amalga oshirilmoqda, deb xabar berdi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” (OʻTY) matbuot xizmati.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda 7-dekabrdan Toshkent–Urganch–Xiva yoʻnalishi boʻyicha temir yoʻl qatnovi yoʻlga qoʻyilishi haqida maʼlumot tarqalgandi.
Kompaniya ayni paytda yangi yoʻnalish sinovdan oʻtayotganini va uning ishga tushirilishi va chiptalar narxi haqida keyinroq maʼlum qilishini taʼkidladi.