Prezident administratsiyasidagi yangi lavozimga tayinlovlar roʻyxati eʼlon qilindi.
Ruslanbek Quroltayevich Davletov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy, diniy-maʼrifiy va yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
Abdusalom Abdumavlanovich Azizov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy, diniy-maʼrifiy va yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Suxrob Joʻraqulovich Yusupov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy, diniy-maʼrifiy va yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.
Adxam Muratovich Turdiyev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy, diniy-maʼrifiy va yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shoʻbasi mudiri lavozimidan ozod etildi.
Muzaffar Murotovich Kamilov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining din va millatlararo munosabatlar masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
Olim Adilovich Saliyev boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining din va millatlararo munosabatlar masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.
Avvalroq Oʻzbekiston DXX sobiq rahbari Abdusalom Azizov prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi tuzilmasiga oʻtgani haqida xabar bergandik.