Toshkentda erkak avtobusda jemperini yechgan qizning yuziga tupurgani uchun 10 sutka qamoqqa olindi

O‘zbekiston

Ijtimoiy tarmoqlarda avtobusda ketayotgan erkak qiz jemperini yechganidan gʻazablanib, yuziga tupurgani aks etgan video tarqalgandi. Sud uni 10 sutkaga maʼmuriy qamoq jazosiga hukm qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda avtobusda ketayotgan erkak qizning jemperini yechganidan gʻazablanib, yuziga tupurgani aks etgan video tarqaldi. Shuningdek, u ota-onasi unga notoʻgʻri tarbiya berganini aytdi.

“Millar” dasturiga bergan intervyusida qiz voqea sodir boʻlgan kuni avtobusda juda issiq boʻlganini aytdi.

“Men futbolka va jemper kiygan edim. Issiqdan jemperimni yechib qoʻydim. Avtobus mening bekatimga yaqinlashganda, men yana jemperimni kiydim va xuddi shu paytda hammasi sodir boʻldi. Bir erkak: ”Nega bu yerda yechinasan? Sen betarbiyasan!" — dedi qiz.

Erkak MJtKning 183-moddasida (Mayda bezorilik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Mavzuga oid materiallar