Qashqadaryoda oʻquvchilar yomgʻirda ivib qoldi

O‘zbekiston

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida maktab oʻquvchilari kechikkani uchun jazo tariqasida yomgʻir ostida safga tizilgani aks etgan video tarqaldi. Voqea 96-maktabda sodir boʻlgan va hozirda Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tomonidan tekshiruv oʻtkazilmoqda.

Скриншот из видео

Ijtimoiy tarmoqlarda oʻquvchilarni yomgʻirda qoldirib, qatorga tizib qoʻyishgani aks etgan video tarqaldi. Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati holat yuzasidan izoh berdi.

Hodisa Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi 96-maktabda sodir boʻlgan. Guvohlarning maʼlum qilishicha, bolalar kechikkanliklari uchun jazolanishgan.

Hozirda vaziyat nazoratda boʻlib, tekshiruv oʻtkazilmoqda va aybdorlar amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.

Mavzuga oid materiallar