Yaqinda Toshkentda spotter Muhammadrasul Muhiddinov ushlandi. AviaSpotter Telegram kanali u bilan suhbat eʼlon qildi.
Xabar qilinishicha, uning oldiga bir kunda ikki marta PPX xodimlari kelib, buyumlarini va mashinasini tekshirgan. Ikkinchi safar uni IIBga olib ketishgan va u yerda “rasmiy ogohlantirish” bergani aytilgan.
Fotosuratchining oʻzi qiziqishi, spotterlarning muvaffaqiyatlari, ularning baʼzilari oʻz ishtiyoqi tufayli ish topgani yoki hayotini aviatsiya sohasi bilan bogʻlagani, shuningdek, huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan uchrayotgan toʻsiqlar haqida soʻzlaydi.
Shunday boʻlsada, samolyotlarni suratga olish ishqibozlarini huquq-tartibot idoralari xodimlari muntazam ravishda ushlab turadi. Ularni tintuv qilishadi, kameralar va telefonlardagi suratlarni koʻrib chiqishadi, tushuntirish xati yozishni talab qilishadi.
Oʻzbekiston IIV matbuot kotibi Shohruh Gʻiyosov transportdagi IIB rahbariyati bilan gaplashganini maʼlum qildi. Idora xodimlarga spotterlar haqida koʻrsatma bergan.
“Biz navbatchilikka kirganlar bilan ham, Toshkent shahar IIBB tomonidan ham ish olib boramiz. Baʼzida xodimlar ortiqcha faollik koʻrsatishi mumkinligiga qoʻshilaman. Har bir bunday holat tekshiriladi va tegishli xulosalar chiqariladi”, — dedi Shohruh Gʻiyosov.