Navoiy viloyatida maktablar yoniga oʻrnatilgan yangi radarlar sinov tartibida ishga tushdi. Bu haqda YHXB matbuot xizmati maʼlum qildi.

Taʼkidlanishicha, ushbu qurilmalar ruxsat etilgan 30 km/soat tezlikdan oshgan avtomobillarni qayd etadi.

“Bolalar xavfsizligi – barchamizning umumiy masʼuliyatimiz. Oʻrnatilgan radarlar yoʻl-transport hodisalari sonini kamaytirishga va maktab oʻquvchilarining yoʻllardagi xavfsizligini taʼminlashga yordam beradi”, — deyiladi xabarda.