Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bosh vazir Mishel Barnening isteʼfoga chiqish haqidagi iltimosini qabul qildi. Bu haqda TASS Yelisey saroyi matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.
Makron yaqin vaqt ichida yangi bosh vazirni tayinlashi va yangi hukumat tuzishi kutilmoqda.
4-dekabr kuni Fransiya Milliy Assambleyasi mamlakat bosh vaziri Mishel Barne hukumatiga ishonchsizlik toʻgʻrisida rezolyutsiya qabul qildi. Fransiya hukumati mamlakat konstitutsiyasining moddalaridan biridan foydalanganidan va parlamentda ovoz bermasdan davlat budjetining ijtimoiy qismini qabul qilganidan keyin qaror qabul qilindi. Bunday qadam soʻl “Yangi xalq fronti” va oʻng “Milliy birlashma” tomonidan hukumatga ishonchsizlik toʻgʻrisidagi rezolyutsiyalarning kiritilishiga olib keldi.
73 yoshli Barne 5-sentyabr kuni bosh vazir boʻldi, uning kabineti mamlakat tarixidagi eng qisqa muddatli boʻlib, 90 kun ishladi.
Beshinchi Fransiya respublikasi tarixida faqat ikki marta hukumat parlament tomonidan ishonchsizlik votumi eʼlon qilinganidan keyin isteʼfoga chiqdi. Birinchi holat 1962-yil 5-oktyabrda, Jorj Pompidning kabineti isteʼfoga chiqqanida sodir boʻldi.