15-dekabrdan boshlab, juma, shanba va yakshanba kunlari Samarqand — Toshkent — Samarqand yoʻnalishida “Afrosiyob” tezyurar elektropoyezdining qoʻshimcha harakati tashkil etiladi.

Qoʻshimcha reyslar 2024-yil 15-dekabrdan 31-dekabrgacha, shuningdek, 2025-yil 3-yanvardan 12-yanvargacha amalga oshiriladi.

Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

№775 Samarqand — Toshkent:

  • Samarqanddan joʻnab ketish 10:55 da;

  • Toshkentga soat 13:15 da yetib kelish;

  • №776 Toshkent — Samarqand:

  • Toshkentdan joʻnab ketish 13:56;

  • Samarqandga 16:14 da yetib kelish.