Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) prezidenti sifatidagi faoliyatini ixtiyoriy ravishda toʻxtatdi. Bu haqda federatsiya saytida eʼlon qilingan hujjatda maʼlum qilingan.
Usmonov 30-noyabr kuni Toshkentdagi konferensiyada FIE prezidenti lavozimiga saylandi. Usmonov nomzodi oktyabr oyida ilgari surildi va uni 103 mamlakat vakillari qoʻllab-quvvatladi. Soʻnggi ikki yil ichida FIE prezidenti vazifasini vaqtincha Gretsiya vakili Emmanuel Katsiadakis bajargan.
FIE Ijroiya qoʻmitasi 2024-yil 1-dekabr kuni yigʻilib, Usmonovning federatsiyaning samarali ishlashini taʼminlash uchun oʻz vakolatlarini toʻxtatishga qaror qilgani haqida maʼlumot berildi. Qoʻmita bu qarorni qabul qildi va ratifikatsiya qildi.