Prezident yangi elektropoyezdda Toshkent–Xoʻjakent yoʻnalishini kesib oʻtdi

O‘zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent–Xoʻjakent yoʻnalishi boʻyicha yangi elektropoyezdni koʻzdan kechirdi. Safar chogʻida davlat rahbari temir yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish, yoʻlovchilar uchun sharoitlarni yaxshilash, yoʻl boʻyidagi hududlarni obodonlashtirish boʻyicha hisobotlarni tingladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev 6-dekabr kuni Toshkent–Xoʻjakent yoʻnalishi boʻyicha yangi elektropoyezd bilan tanishdi.

Safar chogʻida davlat rahbari temir yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish, yoʻlovchilar uchun sharoitlarni yaxshilash, temir yoʻllarni elektrlashtirish va yoʻl boʻyidagi hududlarni obodonlashtirish boʻyicha hisobotlarni tingladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Toshkent va Xoʻjakent oʻrtasidagi temiryoʻlga tutash hududlarni 2025-yilga moʻljallangan renovatsiya dasturiga kiritish va tartibga keltirish boʻyicha topshiriqlar berdi. Shuningdek, kunlik ekspress poyezdlar qatnovini koʻpaytirish va yanada koʻproq yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish maqsadida yoʻnalishning egri uchastkalarini toʻgʻrilash zarurligi taʼkidlandi.

Poyezd vagonlari keng va qulay. Unda 586 yoʻlovchi oʻrindigʻi mavjud. Axborot tablolari va yongʻin xavfsizligi tizimi oʻrnatildi. Poyezd soatiga 120 kilometrgacha tezlikka erisha oladi. Har bir yoʻnalishda kuniga 3 ta reys amalga oshiriladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Yashil makon” loyihasi doirasidagi ishlar ham muhokama qilindi. Temiryoʻl yoqasini koʻkalamzorlashtirish, suv resurslari cheklangan hududlarda xalqaro tajribadan foydalangan holda qurgʻoqchilikka chidamli oʻsimliklarni ekish, mahalliy iqlimga mos koʻchatlar olib kirish zarurligi taʼkidlandi.

Mavzuga oid materiallar