AMU portali “Tolibon”dagi manbalarga asoslanib xabar berishicha, afgʻon ayollariga oliy va oʻrta tibbiy taʼlim muassasalarida oʻqish taqiqlandi.
Maʼlumotlarga koʻra, tegishli koʻrsatmani tolibon rahbari Haybatulla Oxundzoda chiqargan.
Bu haqda dushanba kuni harakat sogʻliqni saqlash vaziri Kobuldagi tibbiyot institutlari rahbarlari bilan uchrashuvda eʼlon qildi.
Soʻnggi vaqtgacha ushbu muassasalar mamlakat ayollari uchun oliy maʼlumot olishning yagona imkoniyati edi, chunki 2022-yil dekabrida “Tolibon” Afgʻoniston ayollarining universitetlarga kirishini taqiqlagan edi.
Afgʻoniston oliy taʼlim vaziri Nada Muhammad Nadim qizlarning dunyoviy oliy oʻquv yurtlarida oʻqishi islom qonunlarini buzishi va islom anʼanalariga zid ekanligini taʼkidladi.
RTA bilan suhbatda u tegishli qaror qabul qilinishining toʻrt sababini keltirdi:
talaba qizlar hijob toʻgʻrisidagi qonunga toʻliq rioya qilmagani;
yotoqxonalarda yashovchi ayollar erkak qarindoshlari nazoratisiz qolgani;
erkak va ayol talabalarning birgalikda oʻqishi davom etgani;
ayollar uchun moʻljallangan baʼzi fakultetlar islom qonunlariga mos kelmagani.
Oʻsha yilning mart oyida oltinchi sinfdan yuqori qizlar Afgʻonistondagi maktablarga borishni toʻxtatishdi. Toliblar islomga mos muhit yaratilgach, bolalar taʼlim muassasalariga qaytishini taʼkidlashdi.