Qirgʻizistonning Norin shahri aholini bepul Wi-Fi bilan taʼminladi. Norin jamoat joylarida toʻliq bepul internet bilan qamrab olingan MDHdagi birinchi shahar boʻldi.
“Smart-Norin-24” loyihasi doirasida shahardagi bogʻlar, maktablar, kutubxonalar, muzeylar, bozorlar, maydonlar va shifoxonalarda yuqori tezlikdagi internetdan foydalanish mumkin.
Loyiha Markaziy Osiyo universiteti, “Skay Mobil”, “Skaynet Telekom” kompaniyalari va Norin shahri meriyasi hamkorligida, prezidentning Norin viloyatidagi muxtor vakili A.Ergeshov koʻmagida amalga oshirildi.
Tashabbusdan koʻzlangan maqsad — raqamli infratuzilmani rivojlantirish va mahalliy aholining hayot sifatini yaxshilash.