Oʻzbekiston elchisi Britaniya xalqaro savdogarlar gildiyasi raisi bilan hamkorlikni muhokama qildi

O‘zbekiston

Oʻzbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Worshipful Company of World Traders gildiyasi raisi bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda Oʻzbekiston va Buyuk Britaniya oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik istiqbollari koʻrib chiqildi.

Foto: “Dunyo” AA

Oʻzbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Ravshan Usmonov Worshipful Company of World Traders (WCWT) gildiyasi raisi Maykl Larsen bilan uchrashdi. 1985-yilda asos solingan WCWT xalqaro savdo va moliya sohasidagi mutaxassislarni, jumladan, brokerlar, bankirlar, auditorlar va maslahatchilarni oʻz safida birlashtirgan.

Maykl Larsen Oʻzbekistondagi parlament saylovlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida qatnashish taklifidan minnatdor ekanligini bildirdi. U ilk bor majoritar-proporsional tizimda oʻtkazilgan saylovlar yuqori darajada tashkil etilganini taʼkidlab, ularning demokratik va shaffof oʻtganini hamda mamlakatdagi islohotlarni qoʻllab-quvvatlayotgan fuqarolarning faol ishtirokini alohida qayd etdi.

Suhbatdosh Oʻzbekistonning iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, davlat boshqaruvi va sud tizimini takomillashtirish, shuningdek, ijtimoiy sohani rivojlantirish borasidagi saʼy-harakatlariga yuqori baho berdi. Shuningdek, u WCWTning Oʻzbekiston bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini tasdiqladi.

Uchrashuvda qoʻshma biznes-forumlar, davra suhbatlari oʻtkazish va ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari oʻrtasida oʻzaro tashrif uyushtirish boʻyicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.