Oʻzbekistonda maxsus iqtisodiy zonalarni boshqarish tizimi soddalashtirildi

O‘zbekiston

Oʻzbekistonda “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi. Qonun maʼmuriy kengashlarni bekor qiladi, investitsiya loyihalarini koʻrib chiqish jarayonini soddalashtiradi va asosiy vakolatlarni maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalariga beradi. Oʻzgartirishlar qaror qabul qilishni tezlashtirish va byurokratiyani kamaytirishga qaratilgan.

Foto: yandex.uz/“Navoiy” EIZ

“Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi qonunga boshqaruv tizimini soddalashtirish va tartib-taomillarni optimallashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritildi.

Asosiy yangiliklardan biri maxsus iqtisodiy zonalar maʼmuriy kengashlarining tugatilishi boʻldi. Endi ularning funksiyalari EIZ direksiyalariga oʻtkaziladi, bu esa boshqaruvni yagona markazga jamlash va ish samaradorligini oshirish imkonini beradi.

Bundan tashqari, investitsiya loyihalarini joylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish muddatlarini majburiy optimallashtirish talabi bekor qilindi. Shuningdek, direksiyalar biznes-rejalar yoki texnik-iqtisodiy asoslar boʻyicha ekspert xulosalarini olish zaruratisiz loyihalarning belgilangan talablarga muvofiqligini mustaqil baholash huquqiga ega boʻladilar.

Ushbu oʻzgarishlar investorlar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish va maxsus iqtisodiy zonalarda loyihalarni amalga oshirishni tezlashtirishga qaratilgan.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.