Oʻzbekiston Respublikasi bosh konsuli Aslam Akbarov mamlakat Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan maxsus mavzuli radioeshittirishda ishtirok etdi.
Eshittirish “Серебряный дождь” kanalida boʻlib oʻtdi, unda tinglovchilar mustaqil Oʻzbekiston Konstitutsiyasining qabul qilinishi tarixidagi muhim lahzalar, uning asosiy qoidalari va 2023-yil aprelda oʻtkazilgan referendum natijalari haqida bilib oldilar. Referendum natijalariga koʻra, Asosiy qonun yangi tahrirda tasdiqlandi.
Koʻrsatuv davomida Oʻzbekistonning hozirgi rivojlanishiga, shuningdek, Rossiyaning Novosibirsk viloyati bilan savdo, fan, madaniyat va gumanitar loyihalar kabi sohalardagi hamkorlikka alohida eʼtibor qaratildi.
Bundan tashqari, radiotinglovchilarga ikki mamlakat hududlari oʻrtasidagi oʻzaro aloqalar, jumladan, Novosibirsk viloyatida yashovchi yoki vaqtincha boʻlib turgan oʻzbekistonliklarning huquqlarini himoya qilish choralari haqida maʼlumot berildi. Rossiyaning ushbu mintaqasi bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash ham qisqa, ham uzoq muddatli istiqbolda ustuvor vazifa ekanligi taʼkidlandi.