AQSH sudi ByteDance kompaniyasini TikTokʼni sotishga majburlovchi qonunni maʼqulladi

Layfstayl

AQSH apellyatsiya sudi milliy xavfsizlikka tahdidlarga qarshi kurashishga qaratilgan qonunni tasdiqladi. TikTok qaror yuzasidan Oliy sudga murojaat qilmoqchi. Xitoy qonunni “tijorat talonchiligi” deb atadi va AQSHni shoshma-shoshlik bilan harakat qilmaslikka chaqirdi.

Foto: Ochiq manbalar

AQSH federal apellyatsiya sudi ByteDance kompaniyasiga TikTokni sotishni majbur qiladigan qonunni qoʻllab-quvvatladi, aks holda platformaning mamlakat hududida faoliyati taqiqlanadi. TikTok bu qaror yuzasidan Oliy sudga shikoyat qilish niyatini bildirdi.

Sud taʼkidlashicha, qonun har ikkala partiya — respublikachilar va demokratlarning hamkorlikdagi faoliyati natijasi boʻlib, Xitoy bilan bogʻliq milliy xavfsizlikka tahdidlarga qarshi kurashish choralarining bir qismi hisoblanadi.

AQSH Adliya vazirligining fikricha, Xitoy TikTok orqali amerikalik foydalanuvchilar isteʼmol qiladigan axborotga sezdirmay taʼsir oʻtkazishi mumkin.

Oʻz navbatida, XXRning Vashingtondagi elchixonasi qonunni “tijorat talonchiligi harakati” deb baholadi va AQSHni ushbu vaziyatga ehtiyotkorlik bilan yondashishga chaqirdi.

Mavzuga oid materiallar