Oʻzbekistonlik Shahobiddin Zoirov Dubayda oʻtkazilayotgan “IBA chempionlar kechasi” boks turnirida venesuelalik Yoyel Finol Rivasga yengildi.
Venesuelalik bokschi hakamlar qaroriga koʻra, 54 kg vazn toifasidagi 10 raundlik jangda gʻalaba qozonib, IBA chempioni unvonini egalladi.
Eslatib oʻtamiz, 2016-yilgi Rio-de-Janeyro Olimpiadasida Zoirov yarim finalda Finol Rivasni, finalda esa rossiyalik Mixail Aloyanni magʻlub etgan edi. Keyinchalik, Aloyan doping qoidalarini buzgani uchun diskvalifikatsiya qilingach, Rivas oʻyinlarning kumush medali sohibiga aylandi.
Shuningdek, avvalroq IBA rahbari Umar Kremlev bokschilarni 5 raundgacha nokaut bilan gʻalaba qozonganlar uchun 1 million dollar bilan taqdirlashga vaʼda bergani haqida xabar bergandik.