Statagentlik: Har ming kishiga oʻrtacha 103 ta avtomobil toʻgʻri kelmoqda

O‘zbekiston

Oʻzbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillarning umumiy soni deyarli 3,8 millionga yetdi. Bir yil ichida ularning soni 360 mingdan ziyod koʻpaydi.

Foto: Vaziyatga oid / Ochiq manbalar

Oʻzbekiston Statistika agentligi matbuot xizmati xabar berishicha, mamlakatda har ming kishiga oʻrtacha 103 ta avtomobil toʻgʻri kelmoqda.

Ular taqdim etgan maʼlumotlarga koʻra, 2024-yil 1-yanvar holatiga jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillarning umumiy soni 3 759 045 tani tashkil etgan. Bu koʻrsatkich 2023-yilga nisbatan 362 525 taga ortiq.

Shuningdek, taʼkidlash joizki, mamlakatning har ming nafar doimiy aholisiga oʻrtacha 95 ta yengil avtomobil toʻgʻri kelmoqda.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.