Toshkentda Oʻzbekiston–Fransiya universiteti tashkil etiladi

O‘zbekiston

Oʻzbekistonlik diplomatlar Campus France bosh direktori bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda tomonlar Oʻzbekiston–Fransiya universitetini tashkil etish masalasini muhokama qildi. Fransiya qoʻshma taʼlim loyihalarini qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Foto: “Dunyo” AA

Oʻzbekiston diplomatlari Fransiyaning Campus France agentligi bosh direktori Donaten Hissar bilan uchrashib, taʼlim sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.

Fransiya tomoni Oʻzbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdorligini bildirib, Toshkentda tashkil etilayotgan Oʻzbekiston–Fransiya universiteti ikki mamlakat oʻrtasidagi talabalar almashinuvini mustahkamlashda muhim qadam boʻlishini taʼkidladi.

Shuningdek, Fransiya vakillari 2025-yilda Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan uchinchi Oʻzbekiston–Fransiya taʼlim forumini tashkil etishga koʻmaklashishga tayyor ekanliklarini maʼlum qildi.

Muhokama davomida tomonlar forum kun tartibiga ikki mamlakat oliy taʼlim muassasalari uchun dolzarb mavzularni kiritishga kelishib oldi. Iqlim oʻzgarishi, ekologiya, barqaror rivojlanish masalalariga, shuningdek, talabalarning koʻnikma va bilimlarini oshirishga qaratilgan qoʻshma loyihalarga alohida eʼtibor beriladi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.