Xitoy — Qirgʻiziston — Oʻzbekiston loyihasini amalga oshirish maqsadida Qirgʻiziston bosh vaziri Aqilbek Japarov tegishli qarorni imzolagani haqida 24.kg nashri xabar bermoqda.
Hujjat xalqaro loyiha uchun Jaloloboddagi yer uchastkalarini oʻzgartirish tartibini belgilaydi. Qarorga koʻra, qishloq xoʻjaligi va suv fondi toifasidagi 44,29 gektar yer “sanoat, transport, aloqa, energetika, mudofaa va boshqa maqsadlar uchun moʻljallangan yerlar” toifasiga oʻtkazildi. Bular quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
36,55 gektar sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlari,
7,54 gektar lalmi yerlar,
0,2 gektar botqoq hududlar.
Jalolobod maʼmuriyatiga yer uchastkalarining roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan xususiy qishloq xoʻjaligi yerlarini teng qiymatli uchastkalarga almashtirishni taʼminlash hamda qonun hujjatlariga muvofiq shaharsozlik hujjatlarini tasdiqlash vazifasi yuklatildi. Yer uchastkalaridan maqsadsiz foydalanilgan yoki oʻzlashtirilmagan taqdirda, ularni olib qoʻyish choralari koʻzda tutilgan.
2022-yil sentyabr oyida Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Xitoy 454 kilometrlik temir yoʻl liniyasini qurish boʻyicha kelishuvga erishgan edi. Loyihadagi ulushlar quyidagicha taqsimlangan: Qirgʻiziston va Oʻzbekiston — 24,5% dan, Xitoy — 51%. Qirgʻiziston temir yoʻl qurilishiga 11 milliard soʻm sarmoya kiritmoqda.
Xitoy — Qirgʻiziston — Oʻzbekiston temir yoʻli qurilishi 2024-yil oktyabr oyida boshlanadi.