Tesla avtonom taksilar tarmogʻini yaratish ustida ishlashda davom etmoqda, ammo xavfsizlikni taʼminlash uchun birinchi bosqichda masofaviy operatorlardan foydalanish rejalashtirilgan. Bu haqda kompaniyaning investorlar bilan aloqalar boʻlimi boshligʻi Travis Akselrodning soʻzlariga tayanib, Reuters nashri xabar berdi.
Top-menejerning taʼkidlashicha, operatorlarga boʻlgan ehtiyoj vaqtinchalik boʻladi, ammo avtonom avtomobillarga toʻliq oʻtish muddati hozircha nomaʼlum. “Kuzatuv ostidagi taksi” xizmatini kelgusi yil Kaliforniya va Texasda ishga tushirish rejalashtirilgan.