12-dekabr payshanba kuni TIME 2024-yilning insonini eʼlon qiladi.
TIME anʼanaviy ravishda oʻtgan yil davomida dunyoga eng katta taʼsir koʻrsatgan shaxs, guruh yoki gʻoyani tanlaydi - bu ijobiy yoki salbiy taʼsir boʻlishidan qatʼi nazar. Oʻtgan yili bu unvonga qoʻshiqchi Teylor Svift sazovor boʻlgan edi, undan oldin esa Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy, Ilon Mask, Ebola kasalligiga qarshi kurashchilar va boshqalar tanlangan.
Bu yilgi nominatsiya finalistlari:
Kamala Harris — AQSH prezidentligiga Demokratik partiyadan nomzod.
Keyt Midlton — 2024-yilda saraton kasalligiga qarshi kurashini ochiq baham koʻrgan Uels malikasi.
Ilon Mask — Forbes maʼlumotlariga koʻra dunyodagi eng boy inson, siyosatda faol ishtirok eta boshlagan.
Yuliya Navalnaya — Aleksey Navalniyning bevasi, u erining qamoqxonada vafotidan soʻng uning ishini davom ettirish niyatini bildirgan.
Binyamin Netanyahu — 2024-yilda koʻplab ziddiyatli baholarga sabab boʻlgan Isroil Bosh vaziri.
Jerom Pauell — 2024-yil saylovlari oldidan iqtisodiyotni boshqargan AQSH Federal zaxira tizimi raisi.
Jo Rogan — Spotifyʼda ketma-ket beshinchi yil yetakchilik qilayotgan mashhur “Joe Rogan Experiyence” podkastining boshlovchisi.
Klaudiya Sheynbaum — 2024-yil oktyabrda lavozimga kirgan Meksika tarixidagi birinchi ayol prezidenti.
Donald Tramp — AQSHning qayta saylangan prezidenti, katta siyosiy qaytish qilgan.
Mark Sukerberg — bu yil hukumat eʼtiborini tortgan Meta rahbari.
Finalistlarning nomlari NBC telekanalidagi “Today” dasturida eʼlon qilindi. Natijalar payshanba kuni maʼlum boʻladi.