YTTB: Qirgʻiziston 2025-yilga kelib Markaziy Osiyoda iqtisodiy oʻsish boʻyicha yetakchiga aylanadi

Dunyo

Yevroosiyo taraqqiyot banki (YTTB) Markaziy Osiyo mamlakatlarining 2025-2027-yillarga moʻljallangan iqtisodiy rivojlanish istiqbolini baholadi.

Foto: Vaziyatga oid / Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi

YTTB bashoratiga koʻra, Qirgʻiziston 2025-yilga kelib mintaqada yetakchi oʻringa chiqishi mumkin, deb xabar qilmoqda bank.

Mutaxassislar 2025-yilda Qirgʻiziston yalpi ichki mahsulotining oʻsishi 8,7 foizni tashkil etishini kutmoqda. Past inflyatsiya va ichki talabni tartibga solish choralari narxlarni nazorat ostida saqlab turishga yordam beradi.

Tojikiston uchun qishloq xoʻjaligi, sanoat, savdo va qurilish sohalarining rivojlanishi tufayli 2024-yilda iqtisodiyotning 8,4 foizga oʻsishi bashorat qilinmoqda. Biroq, milliy valyuta kursining pasayishi va ichki talabning ortishi inflyatsiyani kuchaytirishi mumkin.

Qozogʻistonda 2025-yilda YAIM oʻsishi 5,5 foiz darajasida boʻlishi kutilmoqda. Iqtisodiy tiklanishni investitsiyalar, pul-kredit siyosati va suv toshqinlari oqibatlarini bartaraf etish choralari qoʻllab-quvvatlaydi.

Umuman olganda, YTTB Markaziy Osiyo istiqbollarini va asosiy tarmoqlarning barqaror oʻsishini ijobiy baholamoqda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston 10 foizlik ulush bilan YTTBga aʼzo boʻlishni rejalashtirmoqda. Mamlakatning YTTBga qoʻshilishi bank aksiyadorlari tomonidan allaqachon maʼqullangan. Jarayonni yakunlash uchun hozirda Oʻzbekiston parlamenti tomonidan koʻrib chiqilayotgan qonun qabul qilinishi zarur.

Mavzuga oid materiallar