Afgʻonistondagi 35 mingdan ortiq talaba qiz ayollarning tibbiyot muassasalariga borishi taqiqlangani sababli oʻqishni davom ettira olmayapti. Khaama nashrining AFPʼga tayanib xabar berishicha, bu maʼlumot Tolibon hukumatining Sogʻliqni saqlash vazirligidagi manbalardan olingan. Qizlar 10 ta davlat va 150 dan ortiq xususiy oliy oʻquv yurtlarida hamshira, doya va tish shifokori boʻlib tahsil olishayotgan edi.
Ayni paytda mamlakatda 18 mingdan ortiq doya yetishmaydi, ayollar esa erkak shifokorlarga murojaat qilish huquqiga ega emas. Ayollarning tibbiyot oliy oʻquv yurtlari va kollejlariga borishini taqiqlash toʻgʻrisidagi farmon dekabr oyi boshida Tolibon yetakchisi Xaybatulla Oxundzoda tomonidan imzolangani aytilmoqda. Biroq hukumat tomonidan hozircha rasman tasdiqlanmagan.
Bu xabar xalqaro miqyosda katta aks-sado uygʻotdi. Tolibon vakili Zabiulla Mujohid Afgʻonistonda inson huquqlariga islom qonunlari doirasida rioya etilayotganini taʼkidlab, jahon hamjamiyatini afgʻon qadriyatlarini hurmat qilishga chaqirdi. Shu bilan birga, 57 mamlakatni birlashtirgan Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) ushbu qarordan chuqur tashvish bildirdi. IHT oʻz bayonotida bu taqiq nafaqat ayollar huquqlarini kamsitishini, balki Afgʻonistonda sogʻliqni saqlash sohasidagi inqirozni yanada chuqurlashtirishi taʼkidladi.