Qirgʻizistonda hokimiyatni egallashga urinish ishi boʻyicha yana bir sobiq prokuror qoʻlga olindi

Dunyo

Bishkekda sobiq prokuror ommaviy tartibsizliklarni tayyorlashda, hokimiyatni zoʻravonlik yoʻli bilan egallab olishda va uyushgan guruh tuzishda ayblanmoqda. Tergov maʼlumotlariga koʻra, u va boshqa ayblanuvchilar mahalliy kengashlarga saylovlardan foydalanib, mamlakatdagi vaziyatni beqarorlashtirmoqchi boʻlgan.

Bishkekda Bosh prokuraturaning Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi sobiq katta prokurori hibsga olindi. U ommaviy tartibsizliklarni tayyorlashda, hokimiyatni zoʻravonlik yoʻli bilan egallab olishda va uyushgan guruh tuzishda ayblanmoqda. Sud uni 9-yanvargacha qamoqqa olish toʻgʻrisida qaror chiqardi.

Ilgari ushbu ish boʻyicha bosh prokurorning sobiq oʻrinbosari Kuban Odil oʻgʻli va boshqa bir necha gumonlanuvchilar qamoqqa olingan edi. Tergovning taʼkidlashicha, ular Bishkek chekkasida sport musobaqalarini oʻtkazishni rejalashtirgan, u yerda fuqarolarni zoʻravonlik harakatlariga undash, konstitutsiyaga zid shiorlar eʼlon qilish va mamlakatdagi vaziyatni izdan chiqarish niyatida boʻlgan. Tergov maʼlumotlariga koʻra, ularning maqsadi 17-noyabrga belgilangan mahalliy kengashlarga saylov kuni hokimiyatni zoʻravonlik yoʻli bilan egallab olish boʻlgan.

Mavzuga oid materiallar