IIV radikal bloger Abu Validga nisbatan qidiruv eʼlon qildi

O‘zbekiston

Oʻzbekistonda 30 yoshli Xudoyor Nuriddinov nisbatan qidiruv eʼlon qilindi. Fargʻona viloyatining Rishton tumanida tugʻilgan bu shaxs Suriyaga urush qilish uchun yoʻl olgan. U, shuningdek, oʻz vatandoshlarini jalb qilish orqali jangarilar safini kengaytirish boʻyicha faol harakat olib bormoqda.

IIV maʼlumotlariga koʻra, ilgari Nuriddinov Rossiyaga ishlash uchun ketgan va u yerda terroristik targʻibot taʼsiriga tushib qolgan. Soʻngra u Suriyaning Idlib shahriga borib, jang harakatlarida ishtirok etgan.

U “Abu Valid” taxallusi ostida Suriyaga urushga chaqiruvchi videolarni yozib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan. Huquq-tartibot idoralari maʼlumotlariga koʻra, uning targʻiboti natijasida terrorchilar safiga qoʻshilgan koʻplab Oʻzbekiston fuqarolari halok boʻlgan.

Nuriddinovga nisbatan bir qator moddalar boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi fuqarolarga “Abu Valid” ishtirokidagi materiallarni saqlash va tarqatish jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishi haqida ogohlantirish berdi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.