Apple Watch Ultra 3 sunʼiy yoʻldosh aloqasi va qon bosimini oʻlchash funksiyasini oladi

Texno

Apple Watch Ultra 3 MediaTek modemi tufayli kompaniyaning sunʼiy yoʻldosh aloqasini qoʻllab-quvvatlaydigan birinchi soati boʻladi, bu ularni sayohatchilar uchun almashtirib boʻlmaydigan qiladi. Yangilik, shuningdek, salomatlik boʻyicha tavsiyalar bilan qon bosimini oʻlchash funksiyasi va aqlli uyni boshqarish uchun soddalashtirilgan 5G ga ega boʻladi.

Rasm: Ochiq manbalar

Yangi Apple Watch Ultra 3ʼda sunʼiy yoʻldosh aloqasini qoʻllab-quvvatlovchi MediaTek modemi paydo boʻladi, deb yozmoqda Bloomberg.

Ilgari bu funksiya faqat iPhone 14 da mavjud edi, bu esa sayohatchilarni smartfonni uzoq hududlarga olib borishga majbur qilardi. Endi bunga ehtiyoj qolmaydi, bu esa inReach Garmin kabi sunʼiy yoʻldosh qurilmalariga jiddiy raqobat tugʻdirishi mumkin.

Bundan tashqari, modem aqlli uy qurilmalarini boshqarish uchun mos keladigan 5G Redcap — soddalashtirilgan 5G standartini qoʻllab-quvvatlaydi. Bu Ultra 3 ni maishiy texnikani nazorat qilish uchun qulay vositaga aylantirishi mumkin.

Yana bir muhim yangilik qon bosimini oʻlchash funksiyasi boʻladi. U aniq koʻrsatkichlarni taqdim etmaydi, lekin mumkin boʻlgan gipertoniya haqida ogohlantirishi va shifokorga murojaat qilishni tavsiya qilishi mumkin. Tavsifda gipotoniya haqida hozircha gapirilmagan.

Shuningdek, qondagi qand miqdorini oʻlchashning noinvaziv texnologiyasi ishlab chiqilmoqda. Uning Ultra 3 da paydo boʻlishi hali tasdiqlanmagan boʻlsada, Apple diabet oldi tashxisi uchun ilovani faol sinovdan oʻtkazmoqda.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.